
Oqshomning asosiy bahsida yarim engil vazn toifasida sobiq chempionlik davogari, meksikalik Yair Rodriges reytingning 6-pog'onasidagi braziliyalik Jan Silvaga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, 33 yoshli Yair Rodriges UFC`dagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan. U dunyoning eng nufuzli MMA promoushenida shu paytgacha 11 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.
29 yashar Jan Silva esa UFC`da 2024 yilda debyut qilgan. Braziliyalik jangchi tashkilotdagi faoliyati davomida 6 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatga ega bo'lib turibdi.

Dana Uayt Oq uyda UFC turnirining qayta o'tkazilishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi
UFC 330 turniri ishtirokchilari janglardan qancha gonorar ishlab olishgani malum bo'ldi