
Ammo rossiyalik chempion kelayotgan yakshanba kuni irlandiyalikni kamtarroq qilib qo'yishiga ishonchi komil.
"U o'zini yomon odamdek tutadi, juda ko'p intervyu beradi, har xil yaramas gaplarni aytishga harakat qiladi. Lekin bilamanki, u aslida kamtar yigit. Agar unday bo'lmasa, men uni kamtarroq qilib qo'yaman.
Men uning mahorati va bazasini hurmat qilaman. Uni taqib qilib, tutib, parterga o'tkazishga harakat qilaman. Jang rejamni hamma biladi va u yana ish beradi.
Tomoshabinlar men tomonda bo'lishadi, chunki Machado Gerrini hech kim yoqtirmaydi. Yigitlar, biz uni kamtarroq qilamiz, ko'proq hurmat ko'rsatishga majbur etamiz", - dedi Maxachev "UFC Embedded" videoblogida.

SHavkat Rahmonov qanday holatda UFC chempionlik poygasiga qaytishi mumkinligi aytildi
"Aleks endi avvalgidek emas". Maxachev Volkanovski - Evloev jangiga taxmin bildirdi