
Maxachev chempionlik himoya jangida hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
"Bu qarama-qarshilikda meni hech narsa ajablantirmadi. Islamni hurmat qilaman. U bizning divizionga o'tgan paytidayoq bu haqda aytgan edim. U g'alaba qozondi, menda hech qanday bahona yo'q. Men hayotimdagi eng yaxshi jangimni o'tkazdim. O'zim, oilam va jamoam bilan faxrlanaman.
Oldinda meni ushbu sportda 10 yillik hukmronlik kutib turibdi. Uyga qaytaman, hammasini o'ylab ko'raman va yana qaytaman. Ko'z o'ngimda Aleksandr Volkanovski va Jastin Getji kabi nomlar bor. Ular shu yoshda chempion bo'lishgan. Men esa hali yoshman. Hamma narsa hali oldinda. Qaytaman, sizlarga vada beraman. Meni yaxshi ko'rasizmi yoki yo'q, buning ahamiyati yo'q. Jamoamni yaxshi ko'rasizmi yoki yo'q, buning ham ahamiyati yo'q. Men ularni yaxshi ko'raman! Va men qaytaman. Anderson Silva, sendan uzr so'rayman. Men Islamni to'xtata olmadim", — dedi Gerri oktagonda.
Irlandiyalik jangchi bugun o'z faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
