
"Yen — buyuk jangchi va yaxshi yigit. Men uni hurmat qilaman. U menga yaxshi jang taqdim etdi. Buning uchun unga rahmat. Bu faoliyatimdagi eng og'ir jang bo'ldimi? Menimcha, Avstraliyadagi birinchi jangim qiyinroq bo'lgandi. U jiu-jitsu bo'yicha eng yaxshi murabbiylarning biri bilan ishlayapti. U bilan jang qilish oson bo'lmadi. Yarim o'rta vazn toifasidagi jangchilarni mag'lub etish qiyinroq. Ammo baribir o'z ishimni bajaryapman. Men ularni erga (parterga) yiqitaman va nazorat qilaman", — dedi Maxachev oktagonda.
Malumot uchun, Islam Maxachev promoushenda g'alabali seriya davomiyligi bo'yicha rekord o'rnatdi — 17 ta jang.
