
"Final raundigacha uchta raundda g'alaba qozondim deb o'ylagandim. Ammo Xabib menga beshinchi raundni yutishim shartligini aytdi. Tushundimki, hali g'alaba naqd emas. Men uchinchi va to'rtinchi raundlarda tempni pasaytirdim. SHuning uchun bo'lsa kerak, beshinchi raundda energiyam ko'proq edi", — deya Maxachevning so'zlarini keltiradi Home of Fight ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jangdan so'ng Maxachev hisobida 29 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. Islam g'alabalari sonini do'sti Xabib Nurmagomedovga tenglashtirib oldi.
