SportUz.Tv

UFC 330 turnirining bonus sohiblari malum. Islam ro'yxatda bormi?

16.08.2026 15:24    


Rasmni yuklab olish

Bugun Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirining to'rt nafar ishtirokchisi 100 ming dollarlik qo'shimcha mukofot pulini qo'lga kiritdi.

Turnir doirasidagi hech bir jang "Kechaning eng yaxshi jangi" deb topilmagani bois, barcha jangchilar "Oqshomning yaxshi chiqishi" uchun bonuslarga ega bo'lishdi.

Mukofotlanganlar qatorida qirg'izistonlik Miktibek Oralbayni "ninja" bo'g'ish usuli bilan taslim etgan Jeremiya Uells, Eduardo Enrikeni "tvister" usuli bilan mag'lub etgan CHarlz Jonson, Mansur Abdul-Malik ustidan orqadan bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozongan Dastin SHtoltsfus hamda Kaui Fernandesni nokautga uchratgan Jelin Tyorner bor.

SHuningdek, muddatidan oldin g'alaba qozonganlari uchun Esteban Ribovich, Donte Jonson, Lukas Fernando va Nil Magni 25 ming dollarlik qo'shimcha bonuslar bilan taqdirlandilar.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: