
Bu borada u UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov bilan tenglashib oldi. UFC 330 turnirida rossiyalik sportchi hakamlarning yakdil qarori bilan Yen Machado Gerrini mag'lub etdi.
Endilikda Maxachevning professional rekordida 29 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. Xabib Nurmagomedov esa faoliyatini 29-0 hisobi bilan, yani mag'lubiyatsiz yakunlagan edi.
Maxachev uchun Gerri bilan bo'lgan jang yarim o'rta vazn toifasiga o'tganidan keyingi ikkinchisi bo'ldi. Rossiyalik sportchi divizion reytingida birinchi o'rinda turgan raqibini mag'lub etib, kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Takidlash joizki, Islam va Xabib taniqli murabbiy Abdulmanap Nurmagomedovning shogirdlari hisoblanadi. U har ikki sportchi bilan bolalikdan shug'ullangan va 2020 yilda vafot etgan edi.
