
"Biz Ramazongacha jang o'tkazishimiz shart, bu yuz foiz! Men yanvarda yoki shu yilning oxirida jang qilishim kerak. Men endigina yigirma yoshdan sal oshgan bola emas – 34 yoshdaman va imkon qadar tezroq jang qilishim lozim. Men ko'p vazn tashlamayman, jiddiy jarohatlarim ham yo'q. Balki burunni yana bir bor tekshirtirish kerak bo'lar, lekin hammasi joyidaga o'xshayapti", – dedi rossiyalik chempion Filadelfiyadagi UFC 330 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
SHuningdek, Maxachev yarim o'rta vazn toifasiga hali to'liq moslashmaganini va keyingi jang uchun yanada kattaroq va kuchliroq bo'lishni rejalashtirayotganini takidladi.
"Og'ir janglar seni yanada kuchliroq qiladi va men o'zimni yaxshiroq bo'lganimni his qilyapman. Men hali vazn yig'ishim, kattaroq va kuchliroq bo'lishim kerak, buning uchun esa vaqtim bor. Bu jang hammaga ko'rsatdiki, jang qanday bo'lishidan qati nazar — osonmi yoki qiyin, men uchun bu birinchi soniyadan oxirgisigacha bo'lgan urushdir", – deya qo'shimcha qildi UFC chempioni.
Navbatdagi raqibga kelsak, Islam uni braziliyalik nokautchi Karlos Prates deb biladi. Prates chempionlik jangida shaxsan hozir bo'lgan va chempionga navbatdagi chaqiruvni tashlash niyatida ekanini bildirgan.
"Agar mendan so'rasangiz, bugungi kunda SHavkat hali jang qilmayapti, Prates esa jang qilyapti va faol, shuning uchun balki bu u bo'lar. Maykl Morales ham yaxshi, lekin uning oxirgi marta qachon jang qilganini ham eslay olmayman. SHuning uchun, mening javobim – bu Karlos Prates!", – deya so'zlarini yakunladi Maxachev.
