
— Umuman olganda, Xabib Islamning burchagida edi. Hatto uning qo'lqop kiyayotgani aks etgan kadrlar ham bor. Balki u bilan yana bir bor oxirgi jang haqida gaplashib ko'rish kerakdir?
— Bu qachondir sodir bo'ladi deb o'ylamayman. Hatto bu haqda gapirishning ham keragi yo'q. Eshit, u faoliyatini yakunlamoqchi bo'lganida, men uni shunchaki bezovta qilardim, buni tasavvur ham qila olmaysan. Tushunyapsanmi? Hozir ham uni qaytarib bo'ladi deb o'ylamayman. Qolaversa, uning vazni hozir 225 funtga (taxminan 102 kg) yaqin. Uning hozirgi hayoti yaxshi. SHunday ekan, Xabib yana jang qiladi deb o'ylamayman", — dedi Uayt turnirdan keyingi matbuot anjumanida.
