SportUz.Tv

Ramazon Temirov: "Duo qilib turinglar!" + FOTO

16.08.2026 20:57    


Rasmni yuklab olish

UFC`da mag'lubiyasiz odimlayotgan aralash yakkakurash ustamiz Ramazon Temirovning navbatdagi jangi elon qilingan edi.

Hamyurtimiz 24 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahridagi "Etihad Arena"da tashkil etiladigan raqamli UFC 333 turnirida oktagonga chiqadi. Temirovga angliyalik Lone Kavana raqib bo'ladi.

Hozirda Kavana ushbu divizion reytingida oltinchi, Temirov esa ettinchi o'rinni egallab turibdi.

"Alhamdulillah, xalqim, tarix yaratishimiz uchun yana bir qadam. Insha Alloh, duo qilib turinglar", deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida UFC matbuot xizmati tomonidan elon qilingan xabarga munosabatini yozib qoldirgan Temirov. 

Eslatib o'tamiz, Ramazon so'nggi jangini ham aynan Abu-Dabi shahrida o'tkazgandi. 25 iyul kuni bo'lib o'tgan turnirda u avstraliyalik Stiv Ercegni birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga taslim etgandi. O'sha jangdan keyin hamyurtimiz keyingi raqibi sifatida aynan o'zi singari "stoyka"da jang o'tkazadigan Lone Kavanani ko'rishni xohlayotganini aytgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: