SportUz.Tv

Xabib Dana Uaytning 102 kg vaznga ega ekani haqidagi bayonotiga javob qaytardi

16.08.2026 21:21    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning engil vaznidagi sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov tashkilot prezidenti Dana Uaytning u vazn yiqqani sababli oktagonga qaytmasligi haqidagi gapiga munosabat bildirdi.

"U taxminan 225 funt (102 kg) vaznga ega, tabiiyki, endi jang qilmaydi", — dedi Uayt matbuot anjumanida.

UFC prezidentining so'zlariga javoban Xabib shunday deb yozdi:

"Mening vaznim 205 funt (taxminan 93 kg), Dana", — deya xabar qildi Nurmagomedov o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Xabib Nurmagomedov hozirda 37 yoshda. Rossiyalik sportchi UFC`dagi debyutini 2012 yilda o'tkazgan, 2018 yilda tashkilotning engil vazn toifasida (70 kg gacha) chempioni bo'lgan, shundan so'ng uch marta chempionlik kamarini himoya qilgan. 2020 yilda faoliyatini yakunlagan. U dunyoning eng nufuzli tashkilotida jami 13 ta g'alabaga erishgan va biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: