SportUz.Tv

"Faqat u meni ojiz his qildirgan" - UFC afsonasi Xabibga qarshi jang haqida

24.08.2026 14:18    


Rasmni yuklab olish

Ularning jangi 2017 yil 30 dekabr kuni UFC 219 turniri doirasida bo'lib o'tgan va o'shanda Xabib hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.

Engil va yarim engil vaznda ishtirok etgan sobiq UFC jangchisi, braziliyalik Edson Barboza bundan to'qqiz yil oldin bo'lib o'tgan o'sha tarixiy jangni esladi. 

"Meni chindan ham nochor his qildirgan yagona jangchi — bu Xabib! Lekin u o'sha paytda eng kuchli jangchi emasdi. Jangda o'zimni juda yaxshi himoya qildim. O'sha janggacha parterda hech kim mening ustimdan hukmronlik qilmagandi. Ammo esimda, parterga tushishimiz bilanoq, o'rnimdan turishga uringanimda, u bunga yo'l qo'ymagandi. Boshqa tomonga ketish uchun qo'llarimni tortib olmoqchi bo'ldim, u esa yana shu erda edi. Uning parterda ishlash mahorati shunchaki hayratlanarli edi", - deya Barbozaning so'zlarini X ijtimoiy tarmog'idagi Rad Corner MMA akkaunti keltirmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: