
"Odamlar orasida shunday gap borki, menga hamma narsa tayyor kelyapti, men boshqa jangchilar bosib o'tadigan og'ir yo'lni bosib o'tmadim va hokazo. Bunda mening aybim yo'q. Xabib Nurmagomedovning ukasi bo'lib tug'ilganim mening aybim emas.
Mabodo, boshqa familiyam bo'lganida, meni UFC`ga qabul qilmasliklari mumkinmidi? Ha, bo'lishi mumkin. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Agar shunday akam bo'lmaganida, umuman bu sport bilan shug'ullangan bo'larmidim? Bu ham savol. Agar men o'rnak oladigan akam jarroh bo'lganida, balki bu soha menga yoqib qolarmidi? Garchi jarroh bo'lish ham oson ish emas.
SHuning uchun hamma narsa bo'lishi mumkin edi. Lekin bugungi kunda men shu erdaman, shu yo'ldan ketyapman va UFC chempioni bo'lishni xohlayman. Agar kimdir meni munosib emas, u darajadagi jangchi emas deb hisoblasa, bu uning fikri - shunday o'ylashga to'liq haqqi bor. Menda biror narsani isbotlash istagi yo'q", - dedi rossiyalik jangchi RED Corner MMA nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov kelayotgan dam olish kuni SHanxayda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 286 turnirining asosiy jangida xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Dana Uayt: "Yen Gerrida Maxachev bilan jang qilish imkoniyati boshqa hech qachon bo'lmaydi"