SportUz.Tv
iks
ads

SHara Bullet Israel Adesanyaga qarshi jang qilishi mumkin - insayder

06.10.2026 14:45    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning o'rta vazn toifasidagi bellashuvlarida ishtirok etuvchi rossiyalik SHarabutdin Magomedovning (SHara Bullet) navbatdagi jangi tafsilotlari malum.

SHara Bulletning keyingi jangi sobiq chempion Israel Adesanyaga qarshi o'tishi mumkin. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi insayder malum qildi. Manbaga ko'ra, jang 28 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan UFC Fight Night 295 turniri doirasida tashkil etilishi mumkin. Hozircha UFC ushbu jangni rasman elon qilgani yo'q.

32 yoshli Magomedov professional MMA faoliyatida 17 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan. Uning 12 ta g'alabasi nokaut bilan qo'lga kiritilgan. SHara Bullet professional MMAdagi faoliyatini 2017 yil dekabrida boshlagan. Sobiq UFC chempioni Adesanyaning professional MMAdagi rekordi esa 24 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyatdan iborat. Uning 16 ta g'alabasi nokaut bilan yakunlangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: