SportUz.Tv
iks
ads

Volkanovski: "U bilan jangda faoliyatimdagi eng yaxshi jismoniy holatda bo'laman"

06.10.2026 18:27    


Rasmni yuklab olish

UFC yarim engil vazn toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski rossiyalik Movsar Evloevga qarshi jangga faoliyatidagi eng yaxshi sport formasida chiqishni maqsad qilganini malum qildi.

Volkanovski va Evloev o'rtasidagi chempionlik jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.

"Biz reja bo'yicha harakat qilyapmiz. Jang haftasiga kelib biroz engilroq vaznda bo'lishni xohlayman va hozir bu yo'lda to'g'ri ketyapman. Ehtimol, faoliyatim davomidagi eng yaxshi jismoniy holatda bo'laman", — dedi Volkanovski Precision With Mighty & Izzy YouTube kanaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: