SportUz.Tv
iks
ads

"Bu safar aql bilan harakat qilaman". Dvalishvili - Pyotr Yanga qarshi bo'lajak jang haqida gapirdi

08.10.2026 13:12    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili Pyotr Yanga qarshi uchinchi jang haqida fikr bildirdi.

Ushbu jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabida (BAA) bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida tashkil etiladi.

"Hozir g'alabaga juda chanqoqman. Menimcha, eng muhimi — besh raund davomida o'zimni yaxshi ko'rsatish.

Men har doim qattiq mashq qilaman va jang kelasi hafta bo'lishini istardim, chunki hozir juda yaxshi formadaman. Ammo oldinda yana og'ir va samarali mashg'ulotlar turibdi. Biroq eng muhimi — jangning o'zi.

Men o'zimni namoyon qilishim, kim ekanligimni ko'rsatishim kerak. Kamarni yana qaytarib olishimga ishonaman. O'tgan safar texnik jihatdan juda agressiv harakat qilishga va qattiq urishishga uringan edim. Bu safar esa aqlliroq jang qilaman.

Kamar haqida ko'p o'ylamaslikka harakat qilaman, chunki men uchun asosiysi — bu jangda g'alaba qozonish. Lekin endi buni eslatganingdan keyin... Kamarni ikkinchi marta qo'lga kiritish yanada yoqimli bo'lardi", — dedi Dvalishvili.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: