SportUz.Tv
iks
ads

So'nggi voqealar fonida Jermell CHarlo Xayme Mungiyani jangga chorladi

08.10.2026 17:21    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jermell CHarlo meksikalik Xayme Mungiya bilan jang o'tkazish istagini bildirdi.

Amerikalik bokschi ushbu bahsni o'zining tug'ilib o'sgan Xyuston shahrida tashkil etishni xohlayotganini aytdi.

"Mungiya bilan jang eng mantiqli variant. Men u bilan shu erda, Xyustonda mamnuniyat bilan jang qilardim. Meksikalik muxlislarga to'la arena", deb aytgan CHarlo.

CHarlo, shuningdek, Meksikada Saul "Kanelo" Alvares ishtirok etadigan boks oqshomida ringga chiqish imkoniyatini ham istisno qilmadi. Biroq u Mungiya jamoasi bilan muzokaralar boshlanganini aytmagan. 

Qoidalar bo'yicha super o'rta vazn toifasida WBA chempioni Mungiya o'zining keyingi jangini hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievga qarshi o'tkazishi kerak. Biroq Xayme bu jangni xohlamayotganini ochiq-oydin namoyish etmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: