
"Janibek Alimxanuli va Yakob Benk WBO talqini bo'yicha ikkinchi o'rta vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari uchun jang o'tkazishga kelishib olishdi. Jang dekabr oyida Daniyaning Kopengagen shahrida bo'lib o'tadi", — dedi Spenser Braun.
Janibek Alimxanulining professional rekordi 17 ta g'alaba (12 nokaut)dan iborat.
Yakob Benk esa 20 ta g'alabaga ega bo'lib, shularning 11 tasini nokaut bilan qo'lga kiritgan.