SportUz.Tv
iks
ads

"Opetayyani osongina mag'lub etaman". SHon Striklend boksga o'tishga tayyorligini bildirdi

09.10.2026 16:30    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni SHon Striklend professional boksga o'tishga tayyorligini malum qildi.

U yarim og'ir vazn toifasida The Ring va Zuffa Boxing talqiniga ko'ra jahon chempioni, avstraliyalik Jey Opetayyaga qarshi jang o'tkazishga dastlabki roziligini bildirdi.

"Men chempionlik kamari uchun to'rt marta jang qilganman va uni ikki marta qo'lga kiritganman. Diviziondagi jangchilarning yarmi bilan jang qilib bo'ldim. Endi boks bilan shug'ullanmoqchiman. Hatto MMA bilan ham shug'ullanmayapman, faqat boks tushyapman.

Jeyk Pol men bilan jang qilish uchun katta pul taklif qilmoqchi. Ammo mening shartnomam bor. SHuning uchun bunday holatda Zuffa Boxing'ga o'tishim mumkin. U erga boraman va ularning kruzer vazndagi chempionini — mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan Jey Opetayyani osongina mag'lub etaman", — dedi Striklend Bloody Elbow nashriga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: