SportUz.Tv
iks
ads

Yoqubov revansh uchun Gairbekovga o'z gonorarini berishga ham tayyor

09.10.2026 19:06    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik MMA ustasi Furqatbek Yoqubov Rossiya vakili Ramazan Gairbekovni revansh jangiga ko'ndirish uchun hatto o'z gonoraridan voz kechishga tayyor ekanini malum qildi.

Yoqubovning aytishicha, u Gairbekov revansh uchun kattaroq mablag' talab qilishini tushunadi.

"Gairbekov revansh uchun kattaroq mablag' talab qilishini bilaman. Uni tushunsa bo'ladi, oxir-oqibat u chempion", — deydi Yoqubov.

Uning so'zlariga ko'ra, agar o'z gonorarini ham Ramazanga bersa, raqibining oladigan puli ikki baravar oshishi mumkin.

"Agar o'z gonorarimni unga beradigan bo'lsam, puli ikki baravar ko'payadi va shundan keyin u bu taklifni rad etmasa kerak, deb o'ylayman", — deya revansh haqidagi fikrini bildirgan Yoqubov.

Furqatbek 26 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan Mangu 5 turnirining markaziy jangida rossiyalik Ramazan Gairbekovga mag'lub bo'lib, chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkonidan mahrum bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: