
"Agar bu amalga oshsa, albatta, xursand bo'laman. Professional boksda faoliyatimni davom ettirish uchun vaqtim unchalik ko'p emas. 40 yoshgacha faol bokschi bo'lib qolishni istamayman. Faoliyatimni bundan oldinroq yakunlashni xohlardim. Agar jangimiz may oyigacha bo'lib o'tsa va barcha tomonlar kelishuvga erishsa, juda xursand bo'laman. Avvalgi muzokaralar to'xtab qolgandi va biz kelisha olmagan edik», — deya Bivolning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.