SportUz.Tv
iks
ads

SHohjahon Ergashev endi boshqa bir o'zbekni jangga chaqirdi

10.10.2026 17:30    


Rasmni yuklab olish

CHarm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev Nomad chempionlik kamari uchun jang qilishga tayyorligini bildirdi.

Ergashevning aytishicha, u yana bir o'zbek bokschisi SHahobiddin Egamov bilan avval bir necha bor sparring qilgan.

"65 kg vaznda chempionlik kamari uchun jang qiladigan Egamov bilan zalda o'n martadan ortiq sparring qilganmiz. Biroq u men bilan bir raund ham chiday olmadi. Buni uning ko'ziga qarab ham ayta olaman", dedi Ergashev.

Sportchi ular o'rtasida kichik mojaro ham bo'lganini, o'shanda Egamov unga "kulachka"da jang qilishni taklif qilgani va u bunga rozi bo'lganini aytdi.

Ergashevning takidlashicha, uning asosiy jang vazni 63 kg bo'lsa-da, 65 kg vazn toifasida ham muammosiz jang qila oladi.

"Agar Dastanni mag'lub etsam va hammasi ko'ngildagidek o'tsa, nomim hisobiga liga keyingi jangdayoq chempionlik jangini berishi mumkin. Men 65 va 70 kg vazndagi chempionlarni jangga chaqiraman", deydi u.

Hozircha Ergashev va Egamov o'rtasidagi ehtimoliy jang rasman elon qilinmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: