
Angliyalik aralash yakkakurash ustasi Misfits Boxing promousheni bilan ko'p yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda tashkilotning shanba kuni bo'lib o'tgan turniri davomida elon qilindi.
"Men uzoq vaqtdan beri yakkakurash sportlari bilan shug'ullanaman va ko'plab takliflar olganman. Ammo MF Sports — aynan menga mos keladigan tashkilot. Ular boshqacha uslubda ishlashadi, atrofida katta energiya bor va janglar keng ko'lamda tashkil etiladi. Faoliyatimdagi ushbu yangi bosqichni intiqlik bilan kutyapman va boks olamiga nimalarga qodirligimni ko'rsatmoqchiman", — deya Peyjning so'zlarini keltiradi promoushen matbuot xizmati.