
"Stipe Miochich tarixdagi eng buyuk og'ir vazn jangchisi deb hisoblanardi. Men uni mag'lub etganimda, ikkimiz ham yosh emas edik. O'sha chiqishimdan ham yaxshirog'ini ko'rsata olishimga haqiqatan ishonmayman. Garchi Oq uydagi turnir ham bo'lgan bo'lsa-da.
Bu men albatta ishtirok etishim kerak bo'lgan kam sonli turnirlardan biri edi. Odatda qabul qilgan qarorlarimdan afsuslanmayman, ammo UFC’ning Oq uydagi turnirida qatnashmaganim hayotimdagi eng katta afsuslarimdan biridir", — deya Jonsning so'zlarini keltiradi Red Corner MMA akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.