SportUz.Tv
iks
ads

Fyuri va Joshua jangi Buyuk Britaniyada rekord o'rnatishi mumkin

11.10.2026 17:48    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik sobiq jahon chempionlari o'rtasidagi uzoq kutilgan jang 11 dekabr kuni Kardiff shahridagi o'z bag'riga 70 mingdan ortiq tomoshabinni sig'dira oluvchi "Prinsipaliti" stadionida bo'lib o'tadi.

Sobiq jahon chempionlari Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang chiptalar savdosidan taxminan 34 million dollar (29 million funt sterling) daromad kelishi mumkin.

"Albatta. SHunday bo'ladi. Raqamlarda adashishni istamayman, ammo taxminan 34 million dollar daromad olishni kutyapmiz", — deya Uaytning so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Jang 11 dekabr kuni Kardiff shahridagi 70 mingdan ortiq tomoshabinni sig'dira oladigan «Prinsipaliti» stadionida bo'lib o'tadi. CHiptalar savdosi 9 oktyabr, juma kuni boshlangan. Uaytning aytishicha, shu kunning kechiga kelib 700 tadan kam chipta qolgan, Ticketmaster platformasida esa ularni sotib olish uchun 500 mingdan ortiq kishi navbatda turgan.

Oddiy chiptalar narxi 88,50 funtdan 13 128 funt sterlinggacha bo'lgan. Ikkilamchi bozorda ring yonidagi eng qimmat joylar 8 ming funtdan yuqori narxda taklif qilingan. Bu narxlarga VIP-paketlar, shuningdek, yashash va safar xarajatlarini o'z ichiga olgan takliflar kirmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: