SportUz.Tv
iks
ads

Dana Uayt SHon Striklendning boksda o'zini sinab ko'rish istagiga munosabat bildirdi

11.10.2026 18:48    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt o'rta vazn toifasidagi chempion SHon Striklendning boks bilan shug'ullanishga tayyor ekani haqidagi bayonotiga izoh berdi.

"Menimcha, MMAdan boksga o'tish hech qachon yaxshi natija bilan yakunlanmaydi. Ammo Striklend baquvvat yigit va zarbalarni yaxshi beradi", — dedi Uayt Power Slap loyihasida Nina Dramaga bergan intervyusida.

Undan Striklendning Zuffa Boxing promoushenida kruzer vazn toifasi chempioni Jey Opetayyaga qarshi jangda imkoniyatlari bor-yo'qligi so'ralganda, Uayt: "Yo'q", — deb javob berdi.

Striklend hozirda gonorarlar masalasida UFC bilan ochiq bahs olib bormoqda. U ijtimoiy tarmoqlarda amaldagi shartlardan norozi ekanini va Nasurdin Imomovga qarshi revansh uchun taklif qilingan gonorar oshirilishini xohlashini malum qilgan. O'rta vazn chempioni, shuningdek, chempionlik kamaridan voz kechib, boksda o'z kuchini sinab ko'rishga tayyorligini bildirgan.

Biroq Striklend UFC bilan shartnoma asosida bog'langan. SHu sababli promoushen unga o'zi istagan miqdorda qo'shimcha haq to'lashga majbur emas.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: