SportUz.Tv
iks
ads

Islam Maxachevning keyingi raqibi va jang sanasi haqida malumotlar tarqaldi

13.10.2026 14:21    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachev navbatdagi titul himoyasini Karlos Pratesga qarshi o'tkazishi mumkin.

Bu haqda insayder Alvaro Colmenero xabar berdi. Uning malumotiga ko'ra, UFC rahbariyati ushbu jangni 30 yanvar kuni Torontoda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan UFC 336 turniriga qo'shish ustida ishlamoqda.

Hozircha Maxachev–Prates jangi UFC tomonidan rasman elon qilinmagan.

Prates so'nggi jangini 2026 yil may oyida UFC Fight Night 275 turnirida o'tkazib, Jek Della Maddalenani uchinchi raundda nokautga uchratgan. Uning professional rekordi 24 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyatdan iborat. Maxachev esa oxirgi bor 2026 yil avgustida Yen Machado Gerriga qarshi oktagonga chiqib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi. Rossiyalik jangchining professional MMAdagi rekordi — 29 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatdan iborat.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: