
Avvalroq Pereyra Daniel Kormening Josh Xokit va Siril Gan o'rtasidagi chempionlik jangi elon qilinishidan oldingi fikrlariga UFC tasir qilgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilgandi.
"Albatta, bu noto'g'ri. Men hech qachon Danieldan biror narsa qilishini so'ramaganman. Biz bunday ishlamaymiz", deydi Uayt Dana White’s Contender Series turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Uning takidlashicha, UFC Jo Rogan, Daniel Korme yoki boshqa sharhlovchilarga jangchilar haqida nima deyish kerakligini ko'rsatmaydi.
"Men jangchilarga nima deyishni buyurmayman, sharhlovchilarga ham nima gapirish kerakligini aytmayman. Hammasi tabiiy ravishda sodir bo'ladi, sharhlovchilar translyaciyani o'zlari kerak deb bilganidek olib boradi", deb aytib o'tdi UFC prezidenti.
Uayt UFC jangchilarning janglardan keyingi bayonotlarini ham nazorat qilmasligini qayd etdi va bunga SHon Striklendni misol qilib keltirdi.