SportUz.Tv
iks
ads

Britaniyalik bloger Jalolovni tanqidlardan himoya qildi

19.10.2026 14:15    


Rasmni yuklab olish

Boks haqida yozuvchi britaniyalik bloger Boxing Guru Bahodir Jalolovning Londonda Solomon Dakres ustidan qozongan g'alabasidan keyin hamyurtimizga bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Uning fikricha, Jalolovga nisbatan baholarda ikki xil standart kuzatilmoqda.

17 oktyabr kuni Jalolov britaniyalik Solomon Dakresni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Jang davomida o'zbekistonlik bokschi raqibini nokdaunga ham tushirdi.

SHunga qaramay, jangdan keyin ayrim sharhlovchilar va muxlislar Jalolovning chiqishini "zerikarli" deya tanqid qildi.

"To'g'risini aytsam, ha, Jalolovni tomosha qilish zerikarli. Ammo sharhlovchilar va ekspertlarning unga nisbatan doimiy hujumlari hamda kamsituvchi izohlari haddan tashqari va deyarli maqsadli ko'rinmoqda. Agar u britaniyalik bo'lganida, ular uning mahoratini tinmay maqtashar va unda Muhammad Alidan nimadir borligini aytishardi", — deb yozgan Boxing Guru.

Solomon Dakres ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Bahodir Jalolov professional boksdagi rekordini 18 ta g'alabaga etkazdi. Uning 15 ta g'alabasi muddatidan oldin qayd etilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: