
Uning aytishicha, aksincha, Xrgovichga ortiqcha hurmat bilan yondashgan.
Itauma bu haqda DAZN’ga bergan intervyusida gapirdi.
"Bu yaxshi jang bo'ldi, men undan zavq oldim. Tajribaliroq bokschi g'alaba qozondi. Ringda ham, undan tashqarida ham ko'p narsani o'rgandim. Xrgovichni mensimadimmi? Yo'q, menimcha, unga haddan tashqari ko'p hurmat ko'rsatdim", — dedi Itauma.
Mozes Itauma va Filip Xrgovich o'rtasidagi jang 2026 yil avgust oyida Londonda bo'lib o'tgan. Xrgovich to'qqizinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozonib, og'ir vaznda IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.
Itaumaning professional boksdagi rekordi 14 ta g'alaba, shundan 12 tasi nokaut bilan va 1 ta mag'lubiyatni tashkil etadi. Xrgovich hisobida esa 21 ta g'alaba, shundan 16 tasi nokaut bilan va 1 ta mag'lubiyat bor.
Volkanovski Movsar Evloev ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishni vada qilmoqda
Islam Maxachev jang qilishi kutilayotgan UFC 336 turniri rasman tasdiqlandi + POSTER