SportUz.Tv

Islam Maxachev: "Keyingi jangim mening faoliyatimdagi so'nggilaridan biri bo'ladi"

31.10.2026 10:06    


Rasmni yuklab olish

UFC yarimog'ir vazn chempioni, tashkilotning vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchisi Islam Maxachev shunday qarorga keldi.

Dog'istonlik chempion nima uchun tanaffus qilib, braziliyalik Karlos Prates va ekvadorlik Maykl Morales o'rtasidagi jangdan so'ng vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kurash natijasini kutishga qaror qilganini tushuntirib berdi.

Islam bunday rivojlanishni divizionni tozalash va u nima uchun dunyodagi eng yaxshi jangchi ekanligini hammaga isbotlashning eng tezkor yo'li deb biladi.

"Keyingi jangim mening faoliyatimdagi so'nggilaridan biri bo'ladi. Aytishlaricha, Prates men uchun juda xavfli, Morales esa men uchun juda yaxshi ekan. SHuning uchun men ularning jangi g'olibi bilan uchrashib, yana bir bor butun dunyoga kim eng yaxshi jangchi ekanligini isbotlamoqchiman", – deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Karlos Prates va Maykl Morales o'rtasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang 30 yanvar kuni Kanadaning Toronto shahrida bo'lib o'tadigan UFC 336 turnirining ikkinchi eng muhim voqeasi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: