
"Jon Jons eng buyuk. Men hech qachon u bilan jang qilmaganman, lekin uning amalga oshishini juda ham istardim. Men uni mag'lub eta olishimga ishonaman, lekin agar men shunchaki chetdan kuzatuvchi muxlis bo'lganimda, bu jangda Jon Jonsga ustunlik bergan bo'lardim.
Agar og'ir vazn haqida gapiradigan bo'lsak, men ehtimol Keyn Velaskes yoki Fyodor Emelyanenkoni eng buyuk deb atagan bo'lardim. Ammo agar aralash jang sanatini umumiy oladigan bo'lsak, vazn toifasidan qati nazar, ehtimol bu Jon Jons, chunki vazni bo'yicha u Fyodorga juda yaqin", - dedi rossiyalik jangchi "Yavuz Fighthunterz" nashriga bergan intervyusida.
O'tgan hafta oxirida Aleksandr Volkov Rizvan Kuniev ustidan bir ovozdan hakamlar qarori bilan g'alaba qozonib, ketma-ket uchinchi g'alabasini nishonlagandi. Jon Jons esa 2024 yilning noyabr oyidan beri oktagonda ko'rinmadi, o'shanda u og'ir vazn bo'yicha UFC chempionlik kamarini himoya qilgan va uchinchi raundda Stipe Miochichni texnik nokaut bilan mag'lub etgan edi.
