
Menejerlar bu malumot haqiqatga yaqin emasligini aytib, uni rad etishdi. Bu haqda Rahmonovning menejeri Deniel Rubinshteyn ijtimoiy tarmoqda malum qildi.
"Bu mutlaqo yolg'on va noto'g'ri malumot. Della Maddalena hatto raqib sifatida ham ko'rilmagan. Boz ustiga SHavkat yanvar oyida oktagonga qaytmaydi" - deb yozdi Rubinshteyn.
Eslatib o'tamiz, SHavkat Rahmonov 2024 yil dekabr oyidan beri oktagonga chiqmayapti. SHshanda u davogarlik jangida Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi. Biroq tizzasidan jarohat olib, buning oqibatida ikki marta operaciya qilingandi.
Jek Della Maddalena esa so'nggi jangini joriy yilning may oyida o'tkazdi va uchinchi raundda Karlos Pratesga texnik nokaut bilan yutqazdi.
