SportUz.Tv

ACA 209: Saidyoqub Qahramonovda mag'lubiyat. Xolmurod Nurmatovchi? (Barcha natijalar)

31.10.2026 09:09    


Rasmni yuklab olish

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida aralash jang sanati bo'yicha ACA 209 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda Tojikiston vakili Faridun Odilov rossiyalik Artyom Frolovni hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. 

Turnirning ikkinchi asosiy jangida eng engil vazn toifasi vakili tojikistonlik Azam Gaforov braziliyalik Felipe Bunesga qarshi oktagonga chiqdi. Bunes birinchi raunddayoq mezbon sportchini sambishn evaziga taslim etdi. 

Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur musobaqada ikki nafar o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustalari — Saidyoqub Qahramonov va Xolmurod Nurmatov ham o'z janglarini o'tkazdi. Qahramonov tojikistonlik Baxtovar Yunusov (12-1-1)ga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ydi. Xolmurod Nurmatov ham to'liq uch raund davom etgan jangda boshqa bir tojik sportchisi — Emomahdi Orzuzoda (8-4)ga hakamlar qaroriga ko'ra imkoniyatni boy berdi. 

Dushanbedagi "Tennis saroyi va suv sporti" majmuasida o'tkazilgan ACA turniri kardidan 17 ta jang o'rin olgan edi.


ASA 209 turnirining barcha natijalari:

Faridun Odilov Artyoma Frolovni ochkolar bo'yicha yutdi;

Felipe Bunes Azam Gaforovni birinchi raundda sabmishn qildi;

Bexruz Zuxurov Visxan Kadirovni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi;

Kuat Xamitov Aleksey Maxnoni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga engdi;

Firdavs Zaripov Vagiz Ismagilovni birinchi raundda sabmishn evaziga taslim etdi;

Alixan Musaev Jahongir Saidjamolovni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi;

Xafiz Sakibekov Nikita Podkovalnikovdan ochkolar hisobi bo'yicha ustun keldi;

Tural Ragimov Nashxo Galaevni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi;

Klidson Abreu Xamdi Abdelvaxabni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi;

Bektur Jenishbek uulu Oyatullo Mo'minovni ochkolar bo'yicha engdi;

Ayk Kazaryan Eldar Munapovni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi;

Emomaxdi Orzuzoda Xolmurod Nurmatovni hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi;

Baxtovar Yunusov Saidyoqub Qahramonovni hakamlarning yakdil qarori bilan engdi;

Axmed Xamzaev Mustafa Ashurzodani birinchi raundda sabmishn qildi;

Sayed Safarmamadov Ali Mashrapovani birinchi raundda texnik nokautga uchratdi (shifokor tasviyasi bilan jang to'xatildi);

Nizambek Abdrashitov SHadid Abdurzakovni hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi;

Mamurjon Hamdamov Ivan Solovevni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: