
UFC Fight Night 292 oqshomi ishtirokchilari ananaga ko'ra rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Kechaning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkaziladi. Unda braziliyalik Renato Moykano avstraliyalik Tom Nolanga qarshi oktagonga chiqadi. Har ikki jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajardi - Moykano 70.8 kg, Nolan esa 70.5 kg tosh bosdi.
Faqat bir jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi va endi o'z gonorarining malum qismini jarima sifatida raqibiga taqdim etadi. Yarim engil vazn toifasi vakili Frensis Marshall tarozida 2 funt (0.9 kg) vazn ko'p qildi.
UFC Fight Night 292 vazn natijalari:
Renato Moykano (70.8 kg) – Tom Nolan (70.5 kg)
Rendi Braun (77.3 kg) – Jeykob Smit (77.3 kg)
Kodi Dyorden (57.2 kg) – Odi Osborn (57.2 kg)
Luana Santos (61.7 kg) – Yana Santos (61.5 kg)
Farman Xasanov (77.6 kg) – Jan-Pol Lebosnoyani (77.3 kg)
Prelim kard janglari
Dakota Xoup (66 kg) – Frensis Marshall (67.1 kg)*
Teodor Berggren (77.6 kg) – Rodrigo Sezinando (77.3 kg)
Julian Erosa (66 kg) – CHon Yon Li (66 kg)
Mikki Gall (84.1 kg) – Zakari Riz (83.9 kg)
Nik Klyayn (84.4 kg) – Jozef Kropshot (84.4 kg)
Talita Alenkar (52.6 kg) – Pera Rodriges (52.4 kg)
Taynara Lisboa (56.7 kg) – Lyusiya Jabova (56.9 kg)
