SportUz.Tv

"UFC Usman Nurmagomedovga umrbod taqiq qo'yilishidan umidvorman" - Nina Drama

14.11.2026 08:27    


Rasmni yuklab olish

UFC inflyuenseri Nina Drama Usman Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o'rtasidagi janjal yuzasidan fikr bildirdi.

"Merab Dvalishvili menga xuddi akamdek. Unga qilingan hujum videosini ko'rganimda, haqiqatan ham ko'nglim aynidi. Bu qo'rqoqlar qilmishlari uchun javob berishlari kerak. Bu oldindan rejalashtirilgan hujum edi, ular tasvirga olish uchun telefonlarini ham avvaldan tayyorlab qo'yishgan.

UFC Dillon Denisga turnirlarga kelishni taqiqlagan edi. Axir uning o'ziga ham 20 kishi hujum qilgan, o'shanda u yonida faqat akasi bilan bo'lgan. U holda bu odamlarga nima uchun hech qanday chora ko'rilmadi?

UFC Usman Nurmagomedov va uning do'stlariga o'z turnirlariga kelishni umrbod taqiqlashidan juda umidvorman. U qafasdan oshib o'tganidan keyin Sun Yadunga tirsagi bilan zarba berishga urindi. Familiya insonni boshqalardan ustun qilmaydi", — dedi Nina Drama.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: