SportUz.Tv

Rossiya boks terma jamoasiga viza berishmadi

14.11.2026 09:48    


Rasmni yuklab olish

Rossiya boks federaciyasi milliy terma jamoani Evropa chempionatiga yubormaslikka qaror qildi.

Bunga Xorvatiya Turizm va sport vazirligining Rossiya terma jamoasini musobaqalarga milliy bayroq va madhiyasiz qo'yish haqidagi poziciyasi, shuningdek, Rossiya delegaciyasi azolariga viza berish rad etilgani sabab bo'ldi.

"Biz o'zimizning qatiy poziciyamizni bir necha bor bildirganmiz: Rossiya bayrog'i va madhiyasisiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaymiz. Xorvatiyalik amaldorlar uchun siyosat yana bir bor sportdan ustun kelgani juda afsusli. Bu uzoqni ko'ra bilmay qabul qilingan qarordan sportdagi faoliyatini endi boshlayotgan o'smirlar jabr ko'rgani ikki karra afsuslanarli. Ammo boks muxlislari, birinchi navbatda, xorvatiyalik muxlislar yanada ko'proq zarar ko'rdi. CHunki jamoamiz tarkibida Evropa chempionatiga amaldagi jahon va Evropa chempionlari borishi kerak edi. Eng avvalo, amaldorlar xorvatiyalik muxlislarni jazolashdi — ularni jahon boksining porlab kelayotgan yulduzlarini jonli ko'rish imkoniyatidan mahrum qilishdi", — deya Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Aleksandr Besputinning so'zlarini tashkilot rasmiy sayti keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha U-23 Evropa chempionati 15–24 noyabr kunlari Xorvatiyaning Porech shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: