SportUz.Tv

UFC P4P reytingi yangilandi: Xarrison SHevchenkoni ortda qoldirdi, Gan Top-10`da!

18.11.2026 13:45    


Rasmni yuklab olish

Nyu-Yorkdagi afsonaviy "Medison Skver Garden" arenasida bo'lib o'tgan UFC 334 turniri yakunlariga ko'ra, vaznidan qati nazar, tashkilotning eng yaxshi jangchilari reytingi yangilandi.

Amerikalik Kayla Xarrison, raqamli tadbirning ikkinchi muhim jangida engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini ikki vaznda sobiq chempioni Amanda Nunesdan muvaffaqiyatli himoya qilganidan so'ng, bir pog'onaga ko'tarilib, ayollar P4P reytingi peshqadamiga aylanib oldi. U bu borada endilikda sobiq karvonboshi Valentina SHevchenkodan o'zib ketdi.

To'rtinchi raundda amerikalik jangchiga bo'g'ish usuli bilan yutqazgan braziliyalik Aamanda Nunes ayollar reytingining Top-15`ligiga qaytdi va 10-o'rinda qayd etildi. 

Francuz jangchisi Siril Gan, turnirning asosiy jangida og'ir vazn toifasida chempionlik kamarini amerikalik Josh Hokitga qarshi muvaffaqiyatli himoya qilganidan so'ng, erkaklar P4P reytingida to'rt pog'ona ko'tarilib, ro'yxatda sakkizinchi o'rinni egalladi. Tom Aspinall, Merab Dvalishvili, Aleks Pereyra va Xamzat CHimaev bir pog'onadan pastga tushib, mos ravishda to'qqizinchi, o'ninchi, o'n birinchi va o'n ikkinchi o'rinlarga joylashishdi.

Yarim o'rta vazn toifasi chempioni rossiyalik Islam Maxachev UFC`ning erkaklar P4P reytingini boshqarishda davom etmoqda, tashkilotning eng yaxshi uch jangchisi qatorini esa uning vatandoshi, tashkilotning engil vazn toifasi chempioni Pyotr Yan yakunlaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: