
Bellator 255 turnirining asosiy kardida rossiyalik Usman Nurmagomedov o'zining yangi promoushendagi debyut jangini o'tkazdi. Xabib Nurmagomedovning jiyani amerikalik Mayk Xemelga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq uch raund davom etdi va unda hakamlarning bir ovozdan yakdil bergan bahosiga ko'ra Usman 29-28, 30-27, 30-27 hisoblarida g'alaba qozondi.
Oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda tashkilot chempioni Patrisiu Freyre davogar Emmanuel Sanches bilan to'qnash keladi.

Dana Uayt SHon Striklendning boksda o'zini sinab ko'rish istagiga munosabat bildirdi
"Faqat raundlar". Bivol o'zbekistonlik bokschilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqda (FOTO)