SportUz.Tv

Gilermo Ochoa professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi

22.07.2026 16:12    


Rasmni yuklab olish

Ko'pchilik meksikalik futbol tarixidagi eng buyuk darvozabonlardan biri deb hisoblaydigan Gilermo Ochoa seshanba kuni 22 yillik faoliyatini yakunlaganini malum qildi.

"Orzuim meni qanchalik uzoqqa olib borishini tasavvur ham qila olmasdim. Bugun faqat faxr bilan ortga nazar tashlab, shunday deya olaman: "Oilamga rahmat". Jamoadoshlarimga rahmat. Yo'limning har bir bosqichida men bilan birga bo'lgan muxlislarga rahmat. O'zim bilan millionlarning sevgisini va Meksika uchun bor kuchimni berganimga ishonchni olib ketyapman. Biz boshimizdan kechirgan narsalarni hech kim bizdan tortib ololmaydi. Hammasi uchun yurakdan minnatdorchilik bildiraman!" — deb yozdi Ochoa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Klub miqyosida Ochoa 2005 yilgi Klausura turnirida "Amerika" bilan chempionlik unvonini qo'lga kiritdi, shuningdek, Lejning "Standart" safida Belgiya kubogini yutib oldi.

Xalqaro maydonda darvozabon Meksika terma jamoasiga KONKAKAF Oltin kubogining oltita musobaqasida g'olib chiqishga yordam berdi va Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindoriga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: