SportUz.Tv
iks
ads

Mourino kechagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

19.10.2026 11:12    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourino La Liga 9-turidan o'rin olgan o'z maydonida "Sevilya"ga qarshi kechgan o'yindagi ishonchli g'alabani (4:1) sharhladi.

"Sevilya"ning goli kutilmagan hol bo'ldi. Ammo umuman olganda, oqshom juda yaxshi o'tdi. Biz boshidan oxirigacha o'zimizni yaxshi ko'rsatdik — bunga asosan raqibni yaxshilab o'rganganimiz uchun unga hurmat bilan munosabatda bo'lgan futbolchilarimizning yuqori motivaciyasi sabab bo'ldi.

Tarkibimizda alohida ajralib turadigan kuchli futbolchilar juda ko'p, bu safargi dinamika va energiya esa stam tamomila boshqacha edi — Rimdagi o'yinimizdan so'ng kuzatilganidan mutlaqo farq qilardi.

Men Luninni juda hurmat qilaman. U ajoyib darvozabon va maydonga tushishga loyiq. Ammo Kurtua hozirda juda yuqori darajada o'yin ko'rsatmoqda", — dedi Mourino o'yindan keyingi matbuot anjumanida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: