
Jang 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan UFC 333 turniri doirasida tashkil etiladi.
"Men Yanga qarshi jangda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, deb o'ylayotgan bir nechta kichik jihatlarni tayyorgarligimga qo'shdim. Oxirgi safardagi xatolarimni takrorlamayman. Ushbu mashg'ulotlar yig'ini davomida ustida ishlagan narsalarim samara berishiga ishonaman. Biz aytib bera olmaydigan bir-ikkita yaxshi jihat ham bor.
Aslida, oxirgi jangda burchagimdagilar menga boshqacha ko'rsatmalar berishgan. Ular tanasiga zarba berishimni aytishdi, vaholanki, biz buning ustida umuman ishlamagan edik. Bu meni chalg'itib yubordi.
Hozir o'zimga ishonchim komilligining sababi ham shu. Jang uchun zarur bo'lgan barcha ishlarni qilyapman va g'alaba qozonish uchun qo'limdan kelgan hamma narsani amalga oshiryapman", — dedi Dvalishvili.
"Oxirgi jangdagi xatolarimni takrorlamayman". Dvalishvili Yanga qarshi uchinchi jang haqida gapirdi
Volkanovski Movsar Evloev ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishni vada qilmoqda