SportUz.Tv
iks
ads

Volkanovski faoliyatini yakunlash ehtimoli haqida gapirdi

19.10.2026 18:42    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Aleksandr Volkanovski professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Men o'zimga nisbatan adolatli insonman. Bu haqda gap-so'zlar bo'lyapti... Ammo yana uchta jang o'tkazsam ham, hayron bo'lmang.

Lopesga qarshi o'tgan oxirgi jangimdan oldin ham bu haqda gapirgandim: “Agar ishlar yomon ketsa, nima bo'lishini ko'rasizlar”, degandim. Ammo hozir mana shu erdaman, jang qilyapman...

Faoliyatimni yakunlash bo'yicha aniq rejam yo'q. Lekin biz ham ahmoq emasmiz — yana 10 ta jang o'tkazmayman. Garchi buni xohlasam ham. Balki yana bir-ikkita jang o'tkazarman... Ko'ramiz", — deya Volkanovskining so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: