
"O'yinni juda yaxshi boshladik. Tezkor gol urdik. Birinchi bo'limda deyarli to'liq ustunlik qildik. Yagona kamchilik — ikkinchi golning urilmagani bo'ldi. Bu mavsumda ikkinchi bo'limni yaxshi boshlay olmaslik muammosiga duch kelyapmiz. Bugun ham aynan shunday bo'ldi.
Biz ikkinchi bo'lim boshida raqibga ustunlikni berib qo'ydik va oqibatda o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Biroq, bu safar, ehtimol, bu biz uchun joriy mavsumdagi juda muhim tub burilish nuqtasiga aylandi va biz o'yin borishini o'z tomonimizga bura oldik", - dedi murabbiy.

"Oxirgi jangdagi xatolarimni takrorlamayman". Dvalishvili Yanga qarshi uchinchi jang haqida gapirdi
Volkanovski Movsar Evloev ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishni vada qilmoqda