
Klub matbuot xizmati tomonidan elon qilingan bayonotda o'yindagi adolatsizliklar va qoidabuzarliklarga nisbatan ikki xil yondashuv keskin tanqid qilingan. Xususan, uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq "Navbahor" futbolchilari – Georgiy Jgerenaya, Muhammadqodir Hamraliev va Vanya Ilich tomonidan ishlatilgan qo'polliklarga etarlicha chora ko'rilmagani, 8-daqiqadayoq maydondan chetlatilishi kerak bo'lgan Ilich faqat 58-daqiqaga kelib ogohlantirilgani takidlangan. SHu bilan birga, "Paxtakor" vakillari Dilshod Saitov va Sardor Sobirxo'jaevning engilroq qoidabuzarliklari darhol sariq kartochka bilan jazolangani klubning jiddiy etiroziga sabab bo'lgan.
Bundan tashqari, bayonotda "Paxtakor" darvozasiga belgilangan penalti IFAB qoidalariga zid ekanligi hamda VAR hakami Firdavs Norsafarovning tavsiyasiga qaramay, Tantashev o'z qarorini o'zgartirmagani alohida qayd etilgan. SHuningdek, jarima maydonchasi ichida Sobirxo'jaev va Flamarionga nisbatan ishlatilgan qo'polliklar bosh hakam tomonidan etiborsiz qoldirilgani tanqid qilingan.
"Paxtakor" klubi, shuningdek, O'zbekiston futbol hakamlari markazining intizomiy choralaridagi nomutanosibliklarni ham savol ostiga olgan. Toshkentdagi o'yinda shubhali ofsayd chizig'ini tortgan Sanjar SHoyusupov keyingi turlarda ishlashda davom etgani, biroq Ravshan Abduvohidov mavsum oxirigacha chetlatilgani misol keltirilib, hakamlarga nisbatan jazo tizimida shaffoflik yo'qligi qoralangan. Bayonot so'ngida aynan hakamlik bilan bog'liq mojarolar ortidan jamoa o'z bosh homiysidan ayrilgani ochiqlanib, shunga qaramay klub Elit OCHL musobaqasida munosib ishtirok etayotgani eslatib o'tilgan va o'zbek futbolida adolat hamda bir xil mezonlar asosidagi shaffof tizim o'rnatilishi talab qilingan.
Avvalroq Muhammadqodir Hamralievning gol nishonlashiga "Paxtakor" va "Navbahor" munosabat bildirgani haqida xabar berilgandi.

"Oxirgi jangdagi xatolarimni takrorlamayman". Dvalishvili Yanga qarshi uchinchi jang haqida gapirdi
Volkanovski Movsar Evloev ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishni vada qilmoqda