
“MatchDay Central” malumotlariga qaraganda, ingliz klubi rahbariyati Maykl Kerrikning kelajagini muhokama qilish uchun favqulodda yig'ilish o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Xabar qilinishicha, klub rahbarlarining uchrashuvi ertaga, 19 oktyabr kuni bo'lib o'tadi va bosh murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirish to'g'ri qarormi-yo'qmi, degan masala asosiy kun tartibi bo'ladi.
Jamoa qayd etayotgan natijalar jiddiy xavotir uyg'otmoqda. Angliya Premer-ligasining 7-turida "Manchester Yunayted" "Lids" bilan 1:1 hisobida durang o'ynab, yana ochko yo'qotdi. Natijada klubning barcha musobaqalardagi g'alabasiz seriyasi 6 ta o'yinga etdi, "qizil iblislar" esa Premer-ligada 30 avgustdan beri g'alaba qozona olmayapti. Mankunianlar hisobida 7 ochko mavjud va ular APL turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.
Qoniqarsiz natijalar fonida Kerrikka bo'lgan bosim ortib boryapti. Muxlislar jamoadan barqarorlik talab qilmoqda, biroq "Manchester Yunayted" hozircha vaziyatni o'zgartira olmayapti. Navbatdagi boy berilgan 3 ochko murabbiyning jamoani inqirozdan olib chiqish qobiliyatiga bo'lgan shubhalarni yanada kuchaytirdi xolos.

"Oxirgi jangdagi xatolarimni takrorlamayman". Dvalishvili Yanga qarshi uchinchi jang haqida gapirdi
Volkanovski Movsar Evloev ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishni vada qilmoqda