SportUz.Tv
iks
ads

"Real" 15 yoshli yarim himoyachi bilan bitim imzolashi mumkin

19.10.2026 19:12    


Rasmni yuklab olish

"Real" "Sporting"ning 15 yoshli yarim himoyachisi Xakobo Afonsuni sotib olishdan manfaatdor, deya xabar berdi ESPN.

Manbaning malum qilishicha, Madrid klubi futbolchining o'sishini kuzatishda davom etmoqda va uning transferini yaqin oylar ichida rasmiylashtirishi mumkin.

"Real" skautlari Afonsuning jismoniy ko'rsatkichlarini, to'pni oldinga olib chiqish hamda maydon chuqurligidan hujumlarga qo'shilish qobiliyatini yuqori baholamoqda.

Yarim himoyachi Ispaniya va Portugaliya fuqaroligiga ega bo'lib, Ispaniya o'smirlar terma jamoalarida to'p tepadi. Uning otasi Nunu Afonsu ilgari "Benfika" safida o'ynagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: