SportUz.Tv

Dunyoning eng yaxshi murabbiyi nomiga nomzodlardan biri ovoz berish yakunlariga ko'ra birorta ham ochko to'play olmadi

31.10.2026 14:48    


Rasmni yuklab olish

Ushbu hafta boshida Londonda 2026 yilgi "Oltin to'p" - dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan mukofotni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim doirasida boshqa mukofotlar ham topshirildi. Xususan, dunyoning eng yaxshi murabbiyi mukofotini Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente qo'lga kiritdi, uning boshchiligida ispaniyaliklar JCH-2026da g'alaba qozonishgan edi.

Juma kuni, 30 oktyabr kuni ovoz berishning to'liq yakunlari elon qilindi. Kim qancha ochko to'plashga muvaffaq bo'lgani malum bo'ldi.

De la Fuente salkam 167 ochko to'plab, "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrikeni (117) 50 ochkoga ortda qoldirdi.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta 15 ochko oldi, "Aston Villa"dan Unai Emeri — bor-yog'i 1 ochko, "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani esa ovoz berish yakunlariga ko'ra birorta ham ochko to'play olmadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: