SportUz.Tv

Saul Alvares taroziga chiqdi, bugun chempionlik jang!

31.10.2026 15:18    


Rasmni yuklab olish

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida kardidan ikkita chempionlik jangi o'rin olgan "Meksika butun dunyoga qarshi" nomli professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

Oqshom ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Turnirning asosiy jangi ikkinchi o'rta vazn (76,2 kg gacha) toifasida amaldagi WBC chempioni, meksikalik afsona Saul "Kanelo" Alvares hamda davogar Kristian Mbilli o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki bokschi belgilangan vazn meyorini bajardi: Mbili - 76,9, Saul esa roppa-rosa 76 kg tosh bosdi. 

Prof boks oqshomining ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi aynan ikkinchi o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. WBA chempionlik kamari uchun kechadigan 12 raundlik jangda Xayme Mungia Nikita Zonga qarshi ringga ko'tariladi.


Barcha tarozi natijalari:

Ikkinchi o'rta vazn: Kristian Mbilli (76,09 kg) – Saul Alvares (76,00 kg)

Ikkinchi o'rta vazn: Xayme Mungiya (75,93 kg) – Nikita Zon (75,98 kg)

Yarim engil vazn: Rafael Espinosa (57,06 kg) – Rikardo Blandon (57,15 kg)

Ikkinchi yarim engil vazn: Reyto Cucumi (58,51 kg) – Raymundo Roxas (58,42 kg)

Yarim engil vazn: David Pikasso (57,06 kg) – Karl Jammes Martin (57,15 kg)

Ikkinchi yarim engil vazn: Sultan Almoxammed (59,51 kg) – Erik Vilegas (59,19 kg)

Yarim og'ir vazn: Bek Nurmaganbet (77,79 kg) – Markos Vaskes Rodriges (77,34 kg)

Ikkinchi o'rta vazn: Emiliano Roxo (74,84 kg) – Flavius Biea (74,66 kg)

Ikkinchi o'rta vazn: Brayan Leon (75,52 kg) – Ektor Agirre (76,20 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: