
Doha shahridagi "Jassim Bin Hamad" stadionida o'tkaziladigan o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30da start oladi.
Xorijdagi ushbu yig'inda milliy jamoaga chaqirilgan Eldor SHomurodov, Abror Ismoilov va Edem Nemanovlar ishtirok etmayapti.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
